Tish implantatsiyasi Toshkentda

Yo'qolgan tishni tabiiy ko'rinish va to'liq funksiya bilan tiklash — zamonaviy implant tizimlari yordamida

Tish implantatsiyasi — implant o‘rnatish jarayoni

Tish implanti — bu jag' suyagiga o'rnatiladigan titan negiz bo'lib, uning ustiga koronka (protez) mahkamlanadi. U yo'qolgan tishning ildizini almashtiradi va qo'shni sog'lom tishlarni charxlashni talab qilmaydi.

Bitta tish yo'q bo'lsa ham, bir nechta tish yetishmasa ham implantatsiya eng barqaror yechim hisoblanadi — to'g'ri parvarish bilan implant o'nlab yillar xizmat qiladi.

  • Koreya (Osstem, Dentium) va Yevropa (Straumann) implant tizimlari
  • 3D kompyuter tomografiya asosida aniq rejalashtirish
  • Suyak yetishmaganda suyak to'qimasini tiklash (sinus-lifting)
  • Implantga yozma kafolat
Konsultatsiyaga yozilish

Implantatsiya bosqichlari

1. Konsultatsiya va KT

Shifokor og'iz bo'shlig'ini ko'rikdan o'tkazadi, kompyuter tomografiya qiladi va davolash rejasini tuzadi.

2. Implant o‘rnatish

Mahalliy behushlik ostida implant jag' suyagiga o'rnatiladi. Muolaja o'rtacha 30–60 daqiqa davom etadi.

3. Osteointegratsiya

Implant suyak bilan birikadi — bu jarayon 2 dan 6 oygacha davom etadi.

4. Koronka o‘rnatish

Implant mustahkam o'rnashgach, unga individual tayyorlangan koronka mahkamlanadi.

Narxlar

Koreya implanti (Osstem/Dentium) + koronka 6 000 000 so'mdan
Premium implant (Straumann) + koronka 12 000 000 so'mdan
Suyak to‘qimasini tiklash (sinus-lifting) 3 000 000 so'mdan
Konsultatsiya va davolash rejasi Bepul

Narxlar boshlang'ich — aniq summa tekshiruvdan keyin belgilanadi. Bo'lib to'lash imkoniyati mavjud.

Ko'p beriladigan savollar

Implant o'rnatish og'riqlimi?

Yo'q. Muolaja mahalliy behushlik ostida o'tkaziladi, bemor og'riq sezmaydi. O'rnatishdan keyingi bir necha kun yengil shish bo'lishi mumkin, u og'riqsizlantiruvchi vositalar bilan yengil o'tadi.

Implant qancha xizmat qiladi?

To'g'ri gigiyena va shifokor nazorati bilan implant negizi umrbod, koronka esa o'rtacha 10–15 yil xizmat qiladi.

Bitta tashrifda tish qo'yib bo'ladimi?

Ba'zi holatlarda — ha (bir bosqichli implantatsiya). Aniq javob KT natijalari va suyak holatiga bog'liq, buni konsultatsiyada aytamiz.

Implatatsiya narxiga nima kiradi?

Bizda e'lon qilingan narxga implantning o'zi, o'rnatish muolajasi va standart koronka kiradi. Suyak tiklash kerak bo'lsa, u alohida hisoblanadi va oldindan aytiladi.

Implantatsiya bo‘yicha bepul konsultatsiyaga yoziling

Tishlarni tekislash kerakmi? Ortodontiya sahifasini ko‘ring.

Muvaffaqiyat! Tez orada siz bilan bog'lanamiz.